Paxta boyligi: xom ashyodan tayyor mahsulotga

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston paxta sanoati 21-asrda qanday rivojlanayotgani haqida Sputnik infografikacida batafsil tanishing.

Ma’lumki, so‘nggi 28-yil ichida O‘zbekiston paxta sanoatida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, respublika paxta sanoatini ulkan miqdorda xom-ashyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga  moslashtirmoqda.

Paxta ekiladigan maydonlar kamaytirilib, uning o‘rniga boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari, mevali bog‘lar tashkil qilinmoqda. Masalan, 1990-yilda rsepublikada 1,8 miln gektar yerga paxta ekilgan bo‘lsa 2018-yilda ushbu ko‘rsatgich 818 ming gektarga tushdi.

Shuningdek, O‘zbekiston eksportida paxta tolasi miqdori ham yil sayin kamayib kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-yilda jami eksportning 27,5 % paxta toolasini tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilda ushbu ko‘rsatgich bor-yo‘g‘i 1,6 %ni tashkil qildi. Shu sababli O‘zbekiston dunyodagi eng yirik paxta eksportchilari ro‘yxatidan ham chiqib ketgan.

O‘zbekiston paxta sanoati 21-asrda qanday rivojlanayotgani haqid infografikamizda batafsil tanishing.

Yangiliklar lentasi
0