TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Toshkentda Rossiya TIV rahbarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.