Lavrovning Toshkentga tashrifi: tomonlar yangi dunyo realliklarida nimalarni muhokama qilishadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga belgilangan tashrifi kechroq muddatga qoldirildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri 15-16 yanvar kunlari Hindistondan qaytayotganda Toshkentga tashrif buyuradi.

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv sharoitida Rossiya diplomatining qator xalqaro uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Biroq, Erondagi vaziyat Sergey Lavrovning jadvalini biroz o‘zgartirdi, bundan tashqari, tashrif dasturi ham o‘zgarishsiz qoldi. Xususan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabuli, keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalar bo‘yicha muzokaralar hamda Lavrovning MGIMOning Toshkentdagi filialida chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Dollarsiz savdo?

Albatta, kun tartibi aniq aytilmagan, lekin Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining umumiy nuqtayi nazaridan asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchisi - iqtisodiy. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida umumiy qiymati 25 milliard dollarga teng bo‘lgan 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy va sarmoyaviy tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda. Savdo rivojlanmoqda va 2019-yil yanvar-noyabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 5,8 milliard dollarga yetdi. Ko‘rinishidan, iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalashtirilgan, shu jumladan turli xil to‘siqlarni olib tashlash.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi mumkin. Hozircha respublikaning ittifoqqa qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan, ammo qiziqish bildirilgan va bu masalani o‘rganib chiqish va uning manfaatlari haqida o‘ylash istagi bor. Bunday sharoitda O‘zbekiston tomonining pozitsiyasini va Bojxona ittifoqi qoidalarini hisobga olgan holda Toshkent va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan oraliq bosqichlarni ishlab chiqish mantiqan to‘g‘ri keladi.

Rossiya eksport markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenko qiziqarli fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rublni so‘mga to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va aksincha, dollar yoki yevroning vositasisiz aylantirish choralari tayyorlanmoqda. Proxorenkoning fikriga ko‘ra, bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish 2020-yil boshida amalga oshirilishi mumkin. Bu juda muhim qadam bo‘lar edi.

Flagi Rossii, Kirgizstana, Kazaxstana, Belarusi, Armenii, a takje s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
YeOIIga qo‘shilish bilan O‘zbekiston o‘zini o‘zi cheklab qo‘ymoqchi emas – elchi  

Rubl dollar orqali so‘mga aylantirilayotgan paytda, Rossiya va O‘zbekistonning savdosi, aslida, uchinchi davlatlar bilan operatsiyalar va undan kelib tushgan valyuta tushumlari bilan belgilanmoqda. Rossiya bilan muomalada bo‘lganda, O‘zbekiston valyuta tushumining bir qismini Rossiya importi uchun to‘lashi va o‘z mahsulotini Rossiyaga dollarlarga sotishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu zanjirdan chet el valyutasini chiqarib tashlash ushbu cheklovlarni olib tashlaydi.

Rublni so‘mga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylantirish asosida savdo dastlab kliring shartnomalari asosida (tovarlar va xizmatlarni kelishilgan miqdorga almashtirishni ko‘zda tutadigan davlatlararo savdo shartnomasi; sotuvchilar va xaridorlar bu ishda vakolatli idoralar orqali ishtirok etishadi)  keyinchalik rubl va so‘m valyuta bozorida erkin sotib olish va sotish tashkil etilishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, hukumatlararo miqyosda diqqat bilan o‘rganib chiqilishi zarur.

RGPU imeni Gersena - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir Rossiya oliygohi filiali ochiladi

Ta’lim olish va berish

Muhokama qilinadigan ikkinchi katta mavzu - bu ta’lim. O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining vakolatxonalari va filiallari ochilmoqda. Rossiya rus tilini yaxshi biladigan va Rossiya jamiyatiga moslashgan o‘zbekistonlik malakali ishchilarga muhtoj. O‘zbekistonning o‘zi ham iqtisodiyotning deyarli barcha sohalari uchun malakali mutaxassislarga muhtoj. Ayniqsa, kadrlar masalasi atom elektr stansiyasini qurish doirasida dolzarb bo‘lib, unga qurilish va foydalanish bosqichida Rossiya yadro texnologiyalari bilan tanish bo‘lgan malakali mutaxassislar kerak bo‘ladi.

Ularni Toshkentda tayyorlash uchun 2019-yilda Rossiya Milliy yadro tadqiqoti universiteti MIFI filiali ochildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenevning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda, Rossiya universitetlarining uchta filiali ochiladi va yana uchta ariza ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu sohadagi hamkorlik tashqi ishlar vazirlaridan ham e’tibor talab qiladi. Ta’limning o‘zi ham iqtisodiyotning bir jabhasi, faqat uzoq muddatli.

Jahondagi keskinlik sharoitida xavfsizlik

Muloqotning uchinchi sohasi xavfsizlikdir. Yaqqol ko‘rinib turibdi-ki, Yaqin Sharqdagi voqealar fonida tashqi ishlar vazirlari darajasidagi muzokaralarning muhim tarkibiy qismi -  xavfsizlik masalalar to‘plami bo‘ladi. Ehtimol, u mintaqada keskinlik o‘sishini oldini olish, yuzaga kelgan inqirozni hal qilish va vaziyatni yanada yomonlashishiga tayyorgarlik bilan bog‘liq ko‘plab savollarni o‘z ichiga oladi. Eronning yanada beqarorlashishi butun mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatning keskin yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi ahvoldan tashvishdaligini bildirdi

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, albatta, O‘zbekiston va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) o‘rtasidagi hamkorlik, O‘zbekiston armiyasini yangi rusumdagi qurol-yarog‘ bilan qayta qurollantirish shaklida o‘zini namoyon qilishi mumkin bo‘lgan harbiy-texnik hamkorlik katta ahamiyatga ega.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanchalik og‘irlashgani sari, O‘zbekiston ham Moskva, ham KXShT uchun xavfsizlik bo‘yicha sherik va harbiy ittifoqchi sifatida shunchalik muhimdir.

Bu degani, Sergey Lavrovning Toshkentda hamkasblari bilan batafsil suhbatlashishi uchun ko‘p mavzulari bo‘ladi. Natijalarni va, ehtimol, aniq kelishuvlar yoki dasturlarni kutish qoldi.

Yangiliklar lentasi
0