Juda samimiy va yaxshi inson edi - Dildora Niyozova Nariman Grigoran haqida

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishGvozdiki i svechi
Gvozdiki i svechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dizayner va xoreograf Nariman Grigoranning tanasi qotillik alomatlari bilan 14-yanvarga o‘tar kechasi aniqlangan. Prokuratura "Qotillik" moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Xonanda Dildora Niyozova Nariman hayotda qanday inson bo‘lganligi haqida gapirdi

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Xonanda Dildora Niyozovaning so‘zlariga ko‘ra, dizayner Narimon Grigoran hayotda juda samimiy va yaxshi inson bo‘lgan.

Ubit izvestniy uzbekskiy dizayner i xoreograf Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Grigoran jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan - Bosh prokuratura

"U bilan oxirgi marta 2018-yilda o‘tkazgan konsert dasturimda birga ishlaganmiz. Hozir bu shum xabarni eshitib ochig‘i "shok" holatiga tushib qoldim... Inson sifatida juda samimiy, yaxshi edi. Bir oz to‘polonchiroq yoki asabiyroq bo‘lganida ham, o‘zi fe’li og‘irroq edida desak... Yoshi kichikka izzatda, kattaga hurmatda, juda muomalasi chiroyli inson edi. Qanday qilib bunday insonga shunday dahshatli yomonlikni ravo ko‘rish mumkin? ", - deya xotirladi xonanda.

Dildora Niyozovaning aytishicha, ish yuzasidan uchrashganlarida ham Nariman hamisha kulib kutib olgan.

"Liboslarim dizayni ustida ishlayotganimizda ham qanday uslubni xohlasam, undan ortig‘i bilan chiroyli qilib yaratib berardi, ko‘ngilga qarardi. Hech qachon yo‘q, bunaqa emas, bunaqa qilamiz deb qarshi chiqmagan. Oldiga qo‘ygan maqsadlari juda ko‘p edi. Bu jinoyatni tagiga yetish va javobgarni albatta jazolash kerak! Hamisha kulib turadigan timsoli ko‘z oldimdan ketmayapti, essiz... Joyi jannatdan, oxirati obod bo‘lsin ilohim", - deya suhbatni yakunladi Niyozova.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14-yanvar kuni Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug‘ilgan Nariman Grigoranning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.



Yangiliklar lentasi
0