TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentdagi yong‘in oqibatida 78 yoshli fuqaro qurbon bo‘ldi.
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in Yakkasaroy tumani Sh.Rustavli ko‘chasidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat yetib borgan va yong‘inni bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in natijasida 78 yoshli erkak kishi halok bo‘lgan.
Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.