TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 2019-yilda Lada Granta Rossiya bozorida eng sotilgan mashina bo‘ldi. “Avtostat” tahliliy agentligi ekspertlari shunday xulosaga kelishdi
O‘tgan yilda rossiyaliklar ushbu model avtobillaridan 135 831 dona xarid qilishgan. Bu 2018-yildagi muqobil ko‘rsatgichga qaraganda 28 foizga ko‘proqdir.
Keyingi o‘rinlarda Lada Vesta (111 459 dona) va Kia Rio (92 475 dona) qayd etilgan.
Shuningdek, reytingga Hyundai Creta, Hyundai Solaris, Volkswagen Polo, Lada Largus, Renault Duster, Volkswagen Tiguan hamda Renault Logan avtomobillari kiritilgan.