TOShKENT, 11 avg — Sputnik. “Avtostat” tahliliy agentligi ekspertlari Rossiyadagi eng ommabop lyuks avtomobillar reytingini tuzishdi.
Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Mercedes-Benz Maybach S-Slass avtomobili egalladi. Olti oy davomida rossiyaliklar 252 dona shu modeldan xarid qilishgan va bu sotilgan lyuks mashinalarning 38 foizini tashkil etadi. Rossiyada uning narxi 9 mln 560 ming rubl (146, 5 ming dollar)ni tashkil etadi.
Birinchi uchlikka Bentley Continental GT (93 dona) i Bentayga (78 dona) kiritilgan.
Bundan tashqari, reytingdan Maserati Levante, Lamborghini Urus, Rolls-Royce Cullinan, Rolls-Royce Wraith, Maserati Ghibli, Lamborghini Aventador, Ferrari Portofino va Rolls-Royce Ghost avtomobillari o‘rin olgan.