O‘zbekistonliklar Xitoydagi virus kasalligi xavfi haqida ogohlantirildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishProbirki s biomaterialom v laboratornom komplekse
Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Uxan shahrida bir kishi koronavirusning yangi tipidan vafot etdi. Bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi fuqarolarni zaruriy ehtiyot choralarni ko‘rishga chaqiradi.

O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiylari 2020-yil 11-yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro vafot etgani haqida xabar qilishgan. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Natsionalniy meditsinskiy issledovatelskiy sentr imeni akademika E. N. Meshalkina - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda koronavirusning yangi turiga chalingan bemorlarning birinchisi halok bo‘ldi

Kasallik tarqatuvchisi “koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, elchixona konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0