Iordaniya qiroli Iroqda “Islom davlati” qayta tiklanganini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Iordaniya qiroli Iroq janubiy qismida “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi qayta tiklangani va mustahkamlanganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Iordaniya qiroli Abdulla II France 24 telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil ichida “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi Iroq janubiy qismida qayta tiklandi va mustahkamlandi. RIA Novosti xabariga asosan.

Situatsiya v Livii - Sputnik O‘zbekiston
Liviya mojarosi yuzasidan Moskvada uchrashuv o‘tkaziladi

Iordaniya yetakchisi xalqaro hamjamiyat "u yerda bo‘lishi kerak va Iroqqa ushbu tahdidni yengishda yordam berishga tayyor bo‘lishi kerak. “ID” nafaqat Iroq va Yaqin sharqqa, balki Yevropa butun dunyo mamlakatlariga tahdid soladi" deb qo‘shimcha qildi.

2017 yil dekabr oyida Iroq rahbariyati mamlakat hududining uchdan bir qismini egallab olgan terrorchi guruh bilan 3,5 yillik urushdan so‘ng “ID” terrorchilaridan to‘liq ozod qilinishini e’lon qildi. Tarqalib ketgan terrorchi guruhlar mamlakatning ozod qilingan hududlarida hujumlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Iroq xavfsizlik xodimlarining aytishicha, jangarilarning aksariyat harakatlari oldi olingan.

“ID”ga qarshi xalqaro koalitsiya bazalari ham mamlakat hududida joylashtirildi. Yanvar oyida Iroq parlamenti Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi “Quds” maxsus kuchlari boshlig‘i Qosim Sulaymonaniy o‘ldirlishidan so‘ng xorijiy qo‘shinlar mamlakatdan chiqib ketishi haqida qaror qabul qildi. Bu zarba Iroq hukumati bilan kelishilmagan.  

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0