TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 5,5 million soʻmdan ortiq ish haqi oladiganlar soni oʻsdi. 2019 yil yanvar oyida shuncha ish haqi olganlar 2,4 foiz (87 388 kishi)ni tashkil etgan boʻlsa, 2019 yil noyabr oyida bu koʻrsatkich 4,3 foiz (175 483 kishi)ga yetgan. Bundan Moliya vazirligining Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlari asosida mamlakatda 2019 yil yanvar va noyabr oylarida ish haqi darajasining oʻzgarishi qanday boʻlganini toʻgʻrisidagi hisoboti darak bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2019 yilning noyabr oyi holatiga koʻra aholining 43,6 foizi — 1 761 007 kishi 1 million soʻmgacha ish haqi olgan. 2019 yilning yanvar oyida bu koʻrsatkich 1 855 361 kishi (50,7 foiz)ni tashkil qilgan.
2 million soʻmgacha ish haqi oluvchilar soni 0,2 foizga oshgan. 2019 yilning yanvar oyida bu koʻrsatkich 27,5 foiz (1 007 788 kishi)ni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yilning noyabr oyida 27,7 foiz (1 118 827 kishi) boʻlgan.
4 million soʻmgacha oylik oladigan fuqarolar soni esa deyarli 4 foizga oʻsgan — 2019 yil yanvar oyida 16,8 foiz (613 528 kishi), 2019 yil noyabr oyida 20,0 foiz (806 891 kishi)ni tashkil qilgan.