TOShKENT, 31 dek - Sputnik. 2020-yilning fevralidan budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlari ish haqlari, pensiya, stipendiya, nafaqa hamda kam ta’minlanan oilalarga moddiy yordamlar miqdori 1,07 baravarga oshiriladi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 30-dekabrda qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda davletov.uz telegram kanali.
Ushbu sanadan boshlab: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 679 330 so‘m (hozir 634 888 so‘m);
Bazaviy hisoblash — 223 000 so‘m (o‘zgarishsiz);
Yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m (hozir 436 150 so‘m);
Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m (hozir 436 150 so‘m);
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 238 610 so‘m (hozir 223 000 so‘m).