Xorijda ishlayotganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Departament qayta tashkil etildi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishReyd FMS po viavleniyu nelegalnix immigrantov
Reyd FMS po viavleniyu nelegalnix immigrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Departament milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Xorijda ishlayotganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Departament qayta tashkil etildi. Tegishli prezident farmoni 10-yanvar kuni qabul qilindi.

Novostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Hududlarda migrantlarga ajratilgan uylar soni ochiqlandi

Farmonga muvofiq, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti xorijdagi fuqarolarni huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti etib qayta tashkil etildi.

Departamentga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, Departament milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

Farmonga muvofiq, bir qator vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0