Hududlarda migrantlarga ajratilgan uylar soni ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNovostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta
Novostroyki v sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratiladi.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. 2020-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi  ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini e’lon qildi.

Passajiri poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tashqi migratsiya to‘g‘risida qonun qabul qilinishi mumkin

Eng ko‘p xonadon Andijon, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ajratilgan – har bir viloyatda 420 tadan. Eng kam Navoiy viloyatida 60 ta ajratilgan.

Shuningdek, ro‘yxatda Qoraqalpog‘istonda 210 ta, Buxoro viloyatida 240 ta, Jizzax viloyatida 120 ta, Qashqadaryo viloyatida 300 ta, Namangan viloyatida 300 ta, Surxondaryo viloyatida 270 ta,  Sirdaryo viloyatida 90 ta, Toshkent viloyatida 180 ta, Xorazm viloyatida 240 ta, Toshkent shahrida 162 ta xonadon ajratilishi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda mehnat migrantlariga uy berilishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0