O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 16-qavatdan tushib halok bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilix domov
Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda fuqaroning jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Sankt-Peterburg shahri Primorye tumanida O‘zbekiston fuqarosi tanasi topilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonadan olgan ma’lumotga tayanib.

Flag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan obektning 16-qavatidan tushib ketgan. Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

"Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda vatandoshimizning jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda", - deyilgan xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Yangiliklar lentasi
0