Germaniyada balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishFlag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline
Flag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz voqea oqibatida fojiali halok bo‘ldi. U Kil shahri yaqinidagi fermer xo‘jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o‘tayotgan bo‘lgan.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Germaniyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz voqea oqibatida fojiali halok bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati mamlakatning Germaniyadagi elchixonasi ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.

Qayd etilishicha,  o‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab fuqaro R.X. Germaniyadagi “PRAXX” jamiyatining malaka oshirish dasturi doirasida Kil shahri yaqinidagi fermer xo‘jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o‘tayotgan bo‘lgan.  27-dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy politsiya tekshiruv o‘tkazgan va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlagan.

Migranti v ojidanii deportatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
TIV RFdagi vaqtincha saqlash markazida yotgan o‘zbek migrantlari haqida ma’lumot berdi

Elchixonaning Konsullik bo‘limi qarindoshlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda fuqaroning jasadini vatanga jo‘natishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti  Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvetsiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin shahridagi elchixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan

Yangiliklar lentasi
0