Jeenbekov Rahmon bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi
Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti fuqarolarning maishiy mojarolari keyingi vaqtlarda "o‘ta nozik" tus olganini va endilikda tushuntirish ishlarini olib borish lozimligini ta’kidladi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan 10-yanvar kuni chegarada bo‘lib o‘tgan tungi hodisa yuzasidan telefon muloqotini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston bilan chegarada otishmalar tufayli qirg‘iz qishlog‘i evakuatsiya qilindi

Jeenbekov umumiy chegarada stabil vaziyatni saqlab turish juda muhimligini hamda fuqarolarning maishiy mojarolari o‘ta nozik tus olganini qayd etdi.

"Qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida ko‘pasrlik do‘stlik bo‘lgan va bo‘ladi. Biz chegarada vaziyat o‘tkir tus olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Afsuski, so‘nggi vaqtlarda chegara oldi hududlarida mojarolar tez-tez sodir bo‘lmoqda", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

U bu kabi hodisalarning oldini olish uchun mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishi qanchalik muhim ekanligini qayd etdi va OAVdagi provokatsiyaga oid xabarlar ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik ruhiga mutlaqo mos emasligini qo‘shimcha qildi.

Jeenbekov shuningdek, hamkorlikdagi surishtiruv ishlaridan so‘ng, chegara oldi mojarosida aybdor bo‘lganlarni jazolash zarurligi, shuningdek, qirg‘iz-tojik chegarasida delimitatsiya va demarkatsiya ishlarini tezlashtirish kerakligiga aniqlik kiritdi.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va yaqin istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston elchisi chegaradagi mojaro tufayli Qirg‘iziston TIVga chaqirtirildi

Avvalroq, Davlat chegara xizmati yarim tunda Jaka-Oruk hududida noma’lum shaxslar Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan avtomashinani toshbo‘ron qilganligi, jabrlanganlar borligini ma’lum qilishgan edi. Oradan bir soat o‘tib, qirg‘izistonlikning boshqa avtomobili Kocho-Karin hududida toshbo‘ron qilingan.

Davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sal keyin QR fuqarosining Daxma hududida joylashgan uyi toshbo‘ron qilingan. Hodisa joyiga militsiya va chegara xizmatchilari yetib kelishgan, ammo ular, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston tomondan ov miltig‘ida o‘qqa tutilgan.

Otishma ertalab yakunlangan. Chegaradagi vaziyat ziddiylashuv elementlari mavjud stabil sifatida baholangan. Chegara vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlangan.

Qirg‘iziston Respublikasi TIV rahbari Chingiz Aydarbekov Tojikiston TIV yetakchisi bilan muzokaralar o‘tkazgan va tojik tomonidan o‘qotar quroldan foydalanilganlik hamda fuqarolar avtomashinalarini toshbo‘ron qilganlik yuzasidan tashvish bildirgan. Qirg‘iziston TIV Tojikiston elchixonasi vakiliga norozilik notasini topshirgan.

11 yanvar kuni ertalab chegaradagi vaziyat barqaror, deya baholangan.

Yangiliklar lentasi
0