TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Qirgʻizistonning qishlogʻi aholisi Tojikiston bilan chegarada mojaro tufayli evakuatsiya qilingan, bu xaqda Botken viloyati maʼmuriyati matbuot xizmatiga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
"Tojikiston bilan chegara yaqinidagi Koʻktosh qishlogʻi aholisi xavfsizligini taʼminlash maqsadida vaqtincha uylaridan maktab binosiga koʻchirildi", - dedi manba. Shuningdek, maʼmuriyat vakilining soʻzlariga koʻra, chegara hududida joylashgan Daxma tumani aholisi ham xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Qirgʻiziston Davlat chegara xizmatining maʼlum qilishicha, juma kuniga oʻtar kechasida, nomaʼlum shaxslar bir nechta mashinalarga va qirgʻiz aholisining uylariiga tosh otganlar. Favqulodda vaziyat joyiga yetib kelgan chegarachilar kichik kalibrli qurollardan oʻqqa tutildi. Davlat chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, oʻq otish Tojikiston hududidan olib borilgan.
"Ayni paytda otishma toʻxtatildi. Davlat chegarasining qirgʻiz-tojik qismida vaziyat nisbatan barqaror. Xususan, Botken viloyatida joylashgan chegara boʻlinmalari xizmatni kuchaytirilgan tartibda olib bormoqda", - deyiladi chegara xizmati xabarida.
Davlat chegarasining qirgʻiz-tojik qismi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi yoki ikki mamlakat chegarachilari oʻrtasidagi ziddiyatlar hududiga aylandi. Asosiy sabab - chegaralar qatʼiy delimitizatsiya qilinmaganligi bois ikkala davlat chegaralari qayerdan oʻtayotganligini aniqlash imkoni yoʻqligida.