Bosh prokuratura Gulnora Karimova uyidan chiqqan boyliklar haqida bayonot berdi

© InstagramGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning O‘zbekistondagi yashash manzillarida 985 turdagi tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan san’at asarlari aniqlangan va xatlangan.

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi tomonidan tegishli soha idoralari ishtirokida Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya va boshqa davlatlar vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni qaytarish masalasida muayan ishlar olib borilmoqda.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi sudga yuborildi

Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan rasmiy bayonot e’lon qilindi.

"Shveysariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda G.Karimovaning Jeneva shahrida joylashgan villasida o‘tkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san’at ashyolari (kartinalar, amaliy san’at va hunarmandchilik asarlari va hokazolar)ning milliy boylikka taalluqliligini aniqlash hamda ularning O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda", - deyilgan xabarda.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Gulnora Karimovaning O‘zbekistondagi yashash manzillarida 985 turdagi tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan san’at asarlari (kartina, so‘zana, milliy taqinchoqlar, sopol, yog‘ochdan ishlangan milliy hunarmandchilik asarlari va hokazolar) aniqlangan va xatlangan.

Qayd etilgan kartinalar va san’at asarlari sud hukmiga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilib, O‘zbekiston amaliy san’ati va hunarmandchilik tarixi Davlat muzeyi, Farg‘ona viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Andijon viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Chirchiq shahar tarix muzeylariga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0