Ukraina samolyoti Eron raketasi bilan urib tushirilgan – Kanada bosh vaziri

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Kanadi Djastin Trudo
Premyer-ministr Kanadi Djastin Trudo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanada bosh vaziri Jastin Trudoning so‘zlariga ko‘ra, bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli ro‘y bergan.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Tehronda Ukraina Boeing samolyoti Eron raketasi tomonidan urib tushirilgan, deb ta’kidladi Kanada bosh vaziri Jastin Trudo. RT xabariga asosan.

Kiyevning Borispol aeroporti, Iron elchixona binosi oldida aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lganlar xotirasi yon olindi.  - Sputnik O‘zbekiston
Kiyevda aviahalokat qurbonlari yod olindi – fotojamlanma

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot unga Kanada hamda ittifoqchi davlatlarining razvedkasi tomonidan taqdim etilgan.

“Ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, samolyot Eronning “yer-havo” raketasi bilan urib tushirilgan”, - deyilgan xabarda.

Kanada bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra,  bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli ro‘y bergan.

Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti rahbari Ali Obidjadeh bu versiyani asossizligini aytib o‘tdi.

Kuni kecha Ukraina milliy xavfsizlik xizmati Boeing-737 samolyoti zenit raketasi zarbasi oqibatida halokatga uchragani ma’lum qilgandi. Samolyotning texnik nosozligi halokatning yana bir sababi bo‘lishi mumkin.

Chorshanba kuni Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 170 nafar yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Eron fuqarolari bo‘lishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari ham bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0