TIV rahbari o‘rinbosari Ukraina elchixonasidagi hamdardlik kitobiga qayd kiritdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Ukrainaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. 2020-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Ukrainaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Premyer-ministr Kanadi Djastin Trudo - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina samolyoti Eron raketasi bilan urib tushirilgan – Kanada bosh vaziri

"TIV rahbari o‘rinbosari 2020-yil 8-yanvar kuni “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga tegishli Boing-737 samolyotning Eron hududida aviahalokatga uchrashi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 170 nafar yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Eron fuqarolari bo‘lishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari ham bo‘lishgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik maktublarini yo‘llagandi. Telegrammada O‘zbekiston prezidenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgan.

Yangiliklar lentasi
0