O‘zbekistonda 250 ming dona qimmatli qog‘ozlar sotildi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank tomonidan muomala davri 6 oy bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 250 mlrd. so‘mlik 250 ming dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Joriy yil 10-yanvar kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida muomala davri 6 oy bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 250 mlrd. so‘mlik 250 ming dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2-yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda

Auksionda 17 ta tijorat banki ishtirok etgan bo‘lib, ular tomonidan 1 050,3 mlrd. so‘m hajmidagi 1 039 900 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 250 000 dona qimmatli qog‘ozlar  255,0 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan obligatsiyalarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 250,0 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning quyidagi yillik foiz stavkalari shakllandi: o‘rtacha tortilgan daromadlilik - 11,7 foiz; minimal daromadlilik - 11,7 foiz; chegirish narxi bo‘yicha maksimal daromadlilik - 11,7 foiz. 

Yangiliklar lentasi
0