O‘zbekistonda 2-yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Obligatsiyalarni chiqarilish hajmi - yuz milliard so‘m.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda ichki bozor uchun 2-yillik obligatsiyalar muomalaga chiqarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zRVB 2019-yil 12-iyun tizimida davlat qimmatli qog‘ozlari shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e’lon qildi.

Obligatsiyalarni chiqarilish hajmi - yuz milliard so‘m. Bu obligatsiyalarning so‘ndirilishi 2021-yil 9-iyun. Qat’iy belgilangan foizli daromad stavkasi – yillik 15%. Foizli daromad to‘lash davri - 3 oy.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. 

Qimmatli qog‘ozlar bir million so‘mlik nominal qiymatida 6 oylik, 1-yillik hamda 3-yillik muddatlar uchun muomalaga chiqarishi aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0