Xitoyda pnevmoniya avj olishining sabablari ma’lum qilindi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProbirki v ximicheskoy laboratorii
Probirki v ximicheskoy laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabr oyining oxirida Xitoy hukumati Uxanda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya kasalligi tarqalgani haqida xabar bergan edi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Xubey viloyatining Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya (zotiljam)ning avj olishiga yangi virus turi sabab bo‘lgan, deya xabar beradi RIA Novosti Xitoy Markaziy televideniyesi ma’lumotlariga tayangan holda.

“7 yanvar kuni soat 21: 00 holatiga ko‘ra <...> nuklein kislotasi usuli bilan sinovlardan o‘tkazilgandan so‘ng, yangi turdagi koronavirus bilan kasallanishning tasdiqlangan 15 holati aniqlandi”, - deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda noma’lum kasallik tez sur’atlarda tarqalmoqda

Mutaxassislar qo‘shimcha ravishda epidemiologik tekshirish va kasallikning klinik ko‘rinishini o‘rganish zarurligini ta’kidlashgan.

Dekabr oyining oxirida hukumat Uxanda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya kasalligi tarqalgani haqida xabar bergan edi. 5-yanvar holatiga, shaharda virusli pnevmoniyaning 59 holati aniqlangan, yetti kishi og‘ir ahvolda. Shifokorlar nazorati ostida bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 163 kishi qolmoqda.

Ba’zi bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari bozorida ishlaganlar. Hozirgi vaqtda kasallikning odamdan odamga yuqishi aniq belgilari yo‘q, o‘lish holatlari qayd etilmadi.

Koronaviruslar - ikki guruhga birlashgan 30 dan ortiq viruslardan iborat oiladir. Ular birinchi marta 1965-yilda ajratib olingan. U odamlarga, uy hayvonlariga, qushlarga, cho‘chqalarga, qoramollarga zarar yetkazadi.

Yangiliklar lentasi
0