Putin va Erdo‘g‘on qanday mavzularni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan vo vremya vstrechi v Stambule
Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan vo vremya vstrechi v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron generalining o‘ldirilishi, "Turk oqimi" gaz quvuri hamda Suriya prezidenti Bashar Asad - Turkiya va Rossiya prezidentlari uchrashuvida asosiy mavzu bo‘ladi.

TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. General Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan AQSh va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan keskinliklar 8-yanvar kuni Istambulda Rossiya Federatsiyasi va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralarning eng muhim mavzularidan biriga aylanadi. Bu haqda Turkiya yetakchisi matbuot kotibi Ibrohim Qalinning bayonotiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Bunga qadar, Kreml matbuot xizmati, Putin 8-yanvar kuni Turkiyaga tashrifi chog‘ida "Turk oqimi" gaz quvurini ishga tushirish marosimida ishtirok etishi va Erdo‘g‘on bilan Suriya va Liviyadagi vaziyat haqida suhbatlashishi ma’lum qilingan edi.

"Ushbu hodisadan (Sulaymoniyning o‘ldirilishi) keyingi dastlabki soatlardan boshlab  bizning prezidentimiz juda jadal diplomatik ishlarni amalga oshirmoqda. Ushbu mavzu Putin bilan mamlakatimizga tashrif buyuradigan muzokaralar davomida asosiy mavzulardan biri bo‘ladi. Bizning mintaqamiz doimiy to‘qnashuvlardan, tashqi kuchlarning aralashuvidan charchagan. Afsuski, AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar tobora yomonlashib borayotganini ko‘rmoqdamiz va barchani keskinlikni kamaytirishga chaqiramiz", - dedi Qalin jurnalistlarga.

Bundan tashqari, u Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatni kelajakka yetaklay olmasligini qo‘shimcha qildi. 

Prezident SShA Donald Tramp i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Kim birinchi g‘azablanadi. Ekspert AQSh va Turkiya munosabatlarini baholadi

"Bizning pozitsiyamiz aniq: biz (Suriya prezidenti Bashar) Asad mamlakatni kelajakka yetaklaydigan rahbar emasligini ko‘rayapmiz. Prezidentimiz va Putin o‘rtasidagi muzokaralar davomida Idlibdagi voqealar asosiy mavzulardan biri bo‘ladi", - deya tushuntirib o‘tdi Qalin.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 2-yanvar kuni Bog‘dod aeroportiga amalga oshirgan raketa zarbasi natijasida Islom inqilobiy qo‘riqchilar korpusining Quds maxsus kuchlari boshlig‘i general Qassam Sulaymoniyni yo‘q qildi.

Ma’lumki, Eron Oliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Shamxani mamlakatda Sulaymoniyning o‘ldirilgani uchun AQShdan o‘ch olishiga 13 ssenariy mavjud va Amerika lideri Donald Tramp o‘z navbatida AQSh fuqarolari hujum qilinsa Eronning 52 nishoniga "tez va kuchli zarba" berishga va’da bergan..

Avvalroq Sputnik radiosi Ruhoniy Erdo‘g‘onga AQShga qarshi birlashishni taklif qilganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0