Kim birinchi g‘azablanadi. Ekspert AQSh va Turkiya munosabatlarini baholadi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident SShA Donald Tramp i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon vakili Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdog‘anning amerika harbiy bazalarini yopish haqidagi gaplariga baho berdi. Sputnik radiosi efirida ekspert Vladimir Fitin tomonlar pozitsiyasini baholadi.

Anqara tomonidan amerika harbiy bazalarini yopish tahdididan so‘ng Pentagon o‘zining bor harakatini Turkiya bilan munosabatlarni saqlab qolishga qaratmoqda. Bu haqda RIA Novosti idora vakiliga tayanib xabar berdi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi

Ilgariroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdog‘an AQSh sanksiyalariga qarshi Injirlik va Kurejik bazalarini yopish bilan tahdid qilgan edi.

"Biz Turkiyadagi kuchlarimiz maqomiga NATO bo‘yicha ittifoqdoshimiz va strategik sherigimiz Turkiyaga o‘n yilliklardan buyon davom etib kelayotgan majburiyatimiz - himoyalash va yordam berish - tarafidan qaraymiz. Vazirlik bu munosabatlarni saqlab qolish uchun barcha sayi-harakatlarni amalga oshirmoqda, bir vaqtning o‘zida u Turkiyani kelishmovchiliklar bo‘lgan S-400, Suriya va boshqa masalalarda yanada konstruktiv siyosatga rag‘batlantirmoqda", – dedi agentlik suhbatdoshi.

Anqara Rossiya "Triumf"lari radarlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi >>>

Turkiya janubidagi Adana provinsiyasida joylashgan Injirlik aviabazasi amerika HHK tomonidan foydalanib kelinadi. Turkiya janubi-sharqidagi Malatya provinsiyasida Kurejik hududida esa raketa hujumi haqida erta ogohlantiruvchi radiolokatsiya stansiyasi joylashtirilgan. U NATOning Yevropadagi Raketalarga qarshi mudofaa tizimi bir qismi sanaladi.

Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti Vladimir Fitin Sputnik radiosi efirida ushbu holatga izoh berar ekan, Anqara va Vashington qarama-qarshiligi ancha vaqtdan buyon davom etayotgani va bunda hech kim yon berishni istamayotganligini qayd etdi.

Dostavka komponentov ZRS S-400 v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

"Hozirgi holat shunday: kim birinchi bo‘lib g‘azabini namoyon qilishiga kelib taqalgan. Nega deganda, Qo‘shma Shtatlarning Turkiyaga qarshi kurashi anchadan buyon davom etmoqda. Vashington Anqarani NATOning umumiy kolonnasiga saf torttirmoqchi, chunki Turkiya nafaqat o‘zining shaxsiy istaklari bilan boshqalardan ajralmasligi, balki boshqalarnikidan farqlanuvchi shaxsiy manfaatlarini ham ko‘z-ko‘z qilmasligi lozim. Ammo tarozining ikki pallasidagi narsalar bir-biriga zid. Bir tomondan, amerikaliklar Turkiya to‘laligicha Vashingtondan keladigan ko‘rsatma va instruksiyalarga bo‘ysunishi uchun harakat qilishmoqda, boshqa tomondan, ular NATO nuqtayi-nazaridan Turkiya armiyasining muhim ahamiyatini tushunishadi – bu kuch jihatdan NATOdagi ikkinchi armiya, u tashkilotning sharqiy flangini ta’minlaydi", – dedi Vladimir Fitin.

Iyul oyi o‘rtalarida boshlangan Rossiyadan eng yangi Havo hujumidan mudofaa tizimlari - S-400larning yetkazib berilishi Turkiya va AQSh o‘rtasida inqirozni keltirib chiqardi. Vashington Turkiyaga bu kelishuvdan voz kechishni va o‘rniga amerikaning Patriot majmualarini olishni talab qildi, aks holda, Anqara eng yangi F-35 qiruvchilaridan mahrum bo‘lishi, va unga nisbatan CAATSA("Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar yordamida kurashish" to‘g‘risidagi qonun)ga muvofiq sanksiyalar qo‘llanilishi tahdidi yangradi. Turkiya yon bosishdan voz kechdi. Erdog‘an so‘zlariga ko‘ra, "Triumf"lar 2020-yilning aprelidan boshlab harakatga keltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0