TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Eronning Iroq hududidagi AQSh harbiy bazalariga uyushtirgan zarbasi oqibatida 80 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Eronning Press TV xabariga asosan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga asosan berilgan raketa zarbas oqibatida Bog‘dodda Eronning “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoni va yana bir necha kishi qurbon bo‘lgan edi.
Kecha, 7-yanvar kuni Eronning turli shaharlarida general Sulaymoniy dafn marosimi munosabati bilan 3 millionga yaqin kishi ko‘chalarga chiqqan edi. Eron hukumati general o‘limi uchun AQShdan qasos olishini va buning uchun ular 13ta “mudhish” ssenariylar tayyorlab qo‘yganini xabar qilgan edi.
7 yanvardan 8-yanvarga o‘tar kechasi Eron Iroqning Eyn-al-Asad va Erbilda joylashgan AQSh harbiy bazalariga raketalar yordamida zarba berdi.
Zarbadan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp “Hammasi joyida” deb, Fox News telekanali “amerikaliklar orasida qurbonlar yo‘q” deb xabar tarqatgan edi.