TOShKENT, 7 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Davlat boji to‘g‘risidagi” qonunni imzoladi deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Davlat boji – bu davlat muassasalari yoki mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir.
Xususan, notarius harakatlari, sudlarga ariza berish, konsullik xizmatlari, ixtiro yoki tovar belgilari, sanoat namunalarini, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkaorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ovga ruxsat berish, turli ruxsatnoma va litsenziyalar berish – ana shunday harakatlar turkumiga kiradi.
Yangi qonunga ko‘ra to‘lanmagan ish haqqini, alimentlarni, mehnatda mayib bo‘lgani uchun undiriladigan zarani, shuningdek jinoyat tufayli yetkazilgan zararni undirish uchun da’vo arizalari beruvchilar – davlat bojidan ozod qilinadi.
Davlat bojini undirish soliq nazorat organlari tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilib boriladi. Yangi qonun e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.