Davlat boji stavkalariga qo‘shimcha kiritiladi

Klyuchi ot novix kvartir
Klyuchi ot novix kvartir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat boji stavkalariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. “Davlat boji stavkalariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
So‘m yana antirekord o‘rnatdi – O‘zbekiston valyuta kurslari

Loyihada Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandi “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirish nazarda tutilgan:

“Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14 sentabrdagi PQ–694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji undirilmaydi”.

Loyiha 5-sentabrgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0