TOShKENT, 7 yanv - Sputnik. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya, tashkilotning Xavfsizlik Kengashida AQSh tomonidan taklif qilingan bayonotda o‘zgargan voqeliklarni hisobga olinmaganiga ishonadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Bungacha AQSh diplomatlari Rossiya va Xitoyni Bog‘doddagi AQSh elchixonasiga hujumni qoralovchi hujjat qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishda ayblagan.
Nebenzya Moskva diplomatik muassasalarga qaratilgan har qanday hujumlarni qoralashiga ishontirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus diplomatlari bu bayonotga rozi bo‘lishdi va bu bayonotga tayyor edilar, ammo so‘nggi onlarda Bag‘dodga zarba bo‘ldi va bu xujum natijasida Eron armiyasining elita bo‘linmasi - Kuds maxsus kuchlarining qo‘mondoni general Kassam Sulaymoniy o‘ldirildi.
"Barcha xalqaro normalar nuqtayi nazaridan bu xujum noqonuniydir", dedi diplomat amerikaliklarning xatti-harakatlarini izohlar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqealar AQSh tomonidan taqdim qilingan bayonotga mutlaqo boshqa tus berdi.
"Buni e’tiborsiz qoldirishning iloji bo‘lmadi. Biz Xavfsizlik Kengashi raisining bayonotiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishimiz mumkinligini aytdik, ammo bu o‘zgartirishlar amerikalik hamkasblarimiz uchun maqbul bo‘lmasligi aniq", - deya tushuntirdi Nebenzya.
Bundan tashqari, diplomat AQSh elchixonasiga qilingan hujum AQSh harbiylarining Iroqdagi ayrim guruhlarga qilgan hujumlariga munosabat ekanligini aytdi.
Nebenzya, Sulaymoniyning o‘ldirilishi bilan bog‘liq Xavfsizlik Kengashi tomonidan bayonot qabul qilish istiqbollari puchga chiqqanidan hafsalasi hafa.
3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Iroq poytaxtidagi xalqaro aeroport yaqinida Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni general Kassam Sulaymoniy va Iroq shialari qo‘shinlari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisga qarshi operatsiya o‘tkazdi. Vashingtonda ular 2019-yil dekabr oyida Amerika elchixonasiga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb ishonishadi.
Eronning oliy rahbari Ali Xamonoiy Sulaymoniyning o‘limi javobsiz qolmasligiga ogohlantirdi. O‘z navbatida Tramp, Amerikaliklarga hujum qilingan taqdirda, Eronning 52 nishoniga "tez va kuchli zarba" yetkazishga va’da berdi.
Xalqaro hamjamiyat Vashington va Tehronni vazminlikka chaqirdi.
Avvalroq Sputnik radiosi Sulaymoniyga qilingan suiqasd Yaqin Sharq bozorini barbod qilgani haqida xabar bergan edi.