Qozog‘iston va AQSh “ochiq osmon” to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishuv ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun huquqiy asosni yaratadi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari "ochiq osmon" tamoyillkazaxstan aeroportsari asosida havo qatnovi to‘g‘risida bitim tuzdilar, deya xabar beradi respublika sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi (KGA).

Krushenie samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Olma-otadan Nur-Sultonga parvoz qilayotgan samolyot quladi - video

"Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasida havo aloqasi to‘g‘risida bitim imzolandi", - deyiladi KGA bayonotida.

Hujjatni Qozog‘istonning sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Beybut Atamqulov va AQShning respublikadagi elchisi Uilyam Mozer imzoladi.

"Ushbu bitim Qozog‘iston Respublikasi uchun birinchi hisoblanadi, va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) havo transportini yanada liberallashtirish bo‘yicha tavsiyalariga muvofiq, Qozog‘iston va AQSh o‘rtasida parvoz qilishni rejalashtirayotgan tashuvchilar uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi va ushbu bitim doirasida tomonlar tashuvchilar soni, yo‘nalishlar va chastotalar cheklanmagan holda, shu jumladan havo erkinligining "beshinchi daraja"sida ham uchishlari mumkin", - deyiladi press-relizda.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, kelishuv ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun huquqiy asosni yaratadi, shuningdek, Qozog‘iston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0