Olma-otadan Nur-Sultonga parvoz qilayotgan samolyot quladi - video

© Sputnik / StringerKrushenie samoleta v Kazaxstane
Krushenie samoleta v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olma-ota aeroporti taqdim etgan dastlabki xabarga ko‘ra, Almati - Nur-Sulton reysini amalga oshirayotgan samolyot bortda 95 yo‘lovchi bilan radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Olma-otadan Nur-Sultonga parvoz qilgan samolyot halokatga uchradi. Yo‘lovchi samolyot Olmaotada uchish chizig‘idan tashqaridaligi aniqlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston FVV ma’lumoti asosida.

"Bugungi kunda Bek Eyr" aviakompaniyasiga qarashli 2100 reys bilan Olma-otadan Nur-Sultonga parvozni amalga oshirayotgan samolyot reja bo‘yicha 7:05da uchgan va radardan yo‘qolgan. Bortda 95 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan", - deyiladi Olma-ota aeroporti xabarida.

Hozirgi vaqtda 7 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Qozog‘iston bosh vaziri topshirig‘i bilan bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya tarkibidan Qozog‘iston Respublikasi sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri va boshqa davlat organlari vakillari o‘rin olgan. Komissiya favqulodda holat yuz bergan joyga yetib kelgan. Fojia sabablari aniqlashtirilmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aviahalokat qurbonlari qarindoshlariga ta’ziya bildirgan va aybdorlar jazolanishini aytgan.

​Olma-otada ayni vaqtda tez yordam mashinalariga yo‘l bo‘shatish uchun transport harakati tezlikda tartibga solinmoqda.

Hodisa joyida yo‘l patrul politsiyasi xodimlari ishlashmoqda, transport harakatini tartibga solishmoqda. Tez tibbiy yordam mashinalari Olma-ota aeroporti markaziy kirish qismiga yetib kelishda davom etmoqda.

Jabrlanganlarning aksariyat qismi shahar kasalxonalariga olib ketilgan, hodisa joyida esa o‘ndan ortiq tibbiy yordam mashinalari borligini kuzatish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0