TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Liviyaga turk harbiylari yo‘l oldi, deb ta’kidladi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar Milliy kelishuv hukumatini muvofiqlashtiradi.
“Maqsadimiz – qonuniy hukumatni qo‘llab-quvvatlash” – dedi mamlakat rahbari CNN Turk efirida.
Liviyadagi holat va Turkiyaning yordami
Avvalroq OAV Liviya milliy kelishuvi hukumati rasmiy ravishda Turkiyadan harbiy yordam so‘rab murojaat qilgani haqida xabar tarqatgan edi. Bu Tripolida marshal Halifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasining hujumi fonida yuz berdi.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, hujumni qaytarish uchun “havo, quruqlik va dengiz” harbiy ko‘magi haqida so‘z ketmoqda. Turkiya parlamenti harbiylarni Liviyaga jo‘natilishini ma’qulladi.
2011 yilda Liviya rahbari Muammar Qaddafiyning hukumat tepasidan ag‘darilishi va o‘ldirilishi ortidan Liviya deyarli yagona davlat sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Endi mamlakatda ikki hokimiyat hukmronlik qilmoqda. Xalq saylagan parlament sharqda, g‘arbda esa poytaxt Tripolida, Fayez Sarraj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati BMT va Yevropa Ittifoqining qo‘llab-quvvatlashida hukmronlik qiladi. Mamlakatning sharqiy qismi rasmiylari Tripolidan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadi va Liviya milliy armiyasi bilan hamkorlik qiladi.
Rossiya bir necha bor harbiy harakatlarning to‘xtatilishini va Liviya inqirozini hal qilish uchun muloqotni qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlagan.