“Islom terrorizmi”: Erdo‘g‘on Makronni keskin tanqid qildi

© REUTERS / HANDOUTPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Londonda o‘tkazilgan NATO sammitida islomiy terrorizm haqida aytgan so‘zlari uchun Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tanqid qildi.

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Londonda o‘tkazilgan NATO sammitida islomiy terrorizm haqida aytgan so‘zlari uchun Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tanqid qildi.

Ofitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Parij - Sputnik O‘zbekiston
O‘lik miya bilan yubiley. Rossiya NATOdagi kelishmovchiliklardan naf ko‘radimi?

“NATO sammitida Makron o‘rnidan turib, islom terrorizmi haqida gapira boshladi. Men unga “islom” so‘zi “tinchlik” degan ma’noni anglatishini ko‘p marta aytgandim. Qanday qilib tinchlik va terrorizmni birlashtira olasizlar? Hozir Parijda “sariq nimchalar” norozilik qilmoqda. Xo‘sh, ularni to‘htatsin. Nega buni qila olmaydi?”, - dedi Erdo‘g‘on Anqarada.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, g‘arb davlatlari islom terrorizmdan qo‘rqayotgan vaqtda, musulmon davlatlari terrorchilardan eng ko‘p azob chekmoqda.

“E’tibor bering, barcha muammolar islomiy davlatlarda yuz bermoqda: Suriya, Iroq, Somali... “Ajrat, tilka pora qil, yut” imperiyacha fikrlash davom etmoqda. Musulmonlar huquqlari buzilganda, biz ularning tarafidamiz”, - deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0