Kongress Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklamoqchi

© REUTERS / Leah MillisPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Vakillar palatasi shu hafta prezident Donald Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. AQSh Vakillar palatasi shu hafta prezident Donald Trampning Eron bo‘yicha harbiy vakolatlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, dedi spiker Nensi Pelosi. RIA Novosti xabariga asosan.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

"Ushbu haftada Palata prezidentning Eronga nisbatan harbiy harakatlarini cheklash uchun harbiy vakolatlar to‘g‘risidagi rezolyutsiyani taqdim etadi va ovoz beradi", - deyiladi spikerning veb-saytida.

Ta’kidlanishicha, rezolyutsiyada, senatga demokrat-senator Tim Keyn kiritilgan taklif - Trampga Kongress roziligisiz Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni qonuniy ravishda taqiqlash singari o‘xshash tomonlarga ega.

"U (rezolyutsiya - tahr.) Kongressning uzoq vaqtdan beri nazorat majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlaydi, agar Kongressning boshqa qarori qabul qilinmasa, prezident ma’muriyatining Eronga nisbatan harbiy harakatlari 30 kun ichida to‘xtatiladi", deyiladi press-relizda.

Sulaymoniyning o‘ldirilishi

3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinida amaliyot o‘tkazdi, uning davomida eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia ko‘ngilli qo‘shinlari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis o‘ldirildi.

Uchastniki antiamerikanskoy demonstratsii v Tegerane, Iran - Sputnik O‘zbekiston
Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishi yuzasidan BMTga murojaat qildi

Vashington ularni 2019-yil 31-dekabr kuni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblamoqda.

Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy Sulaymoniyning o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi. Tramp, agar amerikaliklarga hujum qilinsa, Eronning 52 nishoniga "tez va kuchli zarba" yetkazishga va’da berdi.

Jahon hamjamiyati AQSh va Eronni vazminlikka chaqirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0