TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. TIV Amsterdamda sirk shousida balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik akrobatlar haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi 2020-yil 3-yanvar kuni Amsterdam shahrida (Niderlandiya) sirk shousidagi o‘z chiqishi chog‘ida 10 metr balandlikdan qulab tushgan akrobatlar, O‘zbekiston fuqarolari Kristina Vorobeva va Rustem Osmanov Amsterdam Medical Cyenter tibbiyot majmuasiga yotqizilganligini xabar qildi.
“Vaziyat Elchixona nazoratiga olingan. Zarur yordamni ko‘rsatish uchun Konsullik bo‘limi xodimi Amsterdam shahriga jo‘nab ketdi. Kristina Vorobeva ikki bor operatsiya qilindi va uchinchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish masalasi hal qilinmoqda. Turmush o‘rtog‘i Rustem Osmanovning sog‘ligi barqaror deb baholanmoqda”, - deyilgan xabarda.