TOShKENT, 31 dek — Sputnik. TIV Sankt-Peterburg migrantlarni vaqtincha saqlash markazidagi o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi.
Unda aytiliicha, 2019-yil 30-dekabr kuni O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasi xodimlari ushbu shaharning Krasnoselskiy tumanida joylashgan Xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga bordilar.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur Markazda 161 nafar O‘zbekiston fuqarolari saqlanmoqda, ulardan 53 nafari bir oydan ko‘p vaqt davomida aviachipta xarid qilinishi va ularni mamlakatdan chiqarib yuborilishi uchun sud qarorini ijroga o‘tkazilishini yoki qaror ustidan qilingan shikoyatni yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rib chiqilishini kutmoqda.
“Bosh konsulxona vakillari tomonidan hamurtlarimizga konsultativ yordam ko‘rsatildi, vaziyat nazoratga olindi. Yaqin vaqt ichida Sankt-Peterburg shahar sudi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.