O‘zbekistonga vizasiz rejim bo‘yicha tashrif buyurgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olindi

© GoskomturizmV Uzbekistane vstretili pervogo grajdanina Kitaya, pribivshego po bezvizovomu rejimu
V Uzbekistane vstretili pervogo grajdanina Kitaya, pribivshego po bezvizovomu rejimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy, shu jumladan, Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Ilk marotaba Xitoy fuqarosi O‘zbekistonga vizasiz rejim bo‘yicha tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Passajiri vixodat s samoleta v mejdunarodnom aeroportu v sele Tamchi, Issik-Kulskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kiradi

Qayd etilishicha, 2-yanvar kuni Urumchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareys orqali O‘zbekistonda vizasiz rejim bo‘yicha tashrif buyurgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olingan.

Xitoylik mehmon —  Li Ji Linning O‘zbekistonga mamlakatni yaqindan o‘rganish va investitsiya kiritish uchun tashrif buyurganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy, shu jumladan, Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0