BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kiradi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPassajiri vixodat s samoleta v mejdunarodnom aeroportu v sele Tamchi, Issik-Kulskoy oblasti
Passajiri vixodat s samoleta v mejdunarodnom aeroportu v sele Tamchi, Issik-Kulskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar. 

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. 2020-yilning 1-yanvaridan e’tiboran Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kun muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Vizi, priglasheniya, propiska: novoe polojenie ot Pravitelstva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vizasiz mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirdi

Ta’kidlanishicha, ushbu choralar O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, BAA investorlari uchun mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Xususan, 2019-yil 20-martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, 2020-yil 1-yanvardan boshlab BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilangan.

Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar.  

Yangiliklar lentasi
0