Yangi yildan jamoat transportlari to‘lovi avtomatlashtiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishS yanvarya 2018 g. podorojayet proyezd v obshestvennom transporte
S yanvarya 2018 g. podorojayet proyezd v obshestvennom transporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yildan Toshkent shahar jamoat transportlari yo‘l haqi qabul qilinishining avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tadi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Yangi yildan Toshkent shahar jamoat transportlari yo‘l haqi qabul qilinishining avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Avtomatik to‘lov: O‘zbekistonda jamoat transporti uchun yagona to‘lov tizimi joriy etiladi

2020 yilning yanvar oyidan boshlab, Toshkent shahar jamoat transportlarida yo‘lkira qabul qilinishining avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Ushbu qulaylik O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tashabbusi bilan “Uzkard” hamda “Aloqabank” hamkorligida tashkil etildi.

Endi yer usti hamda yer usti maxsus jamoat transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilar maxsus transport kartalari  va kontaktsiz texnologiyali “NFS” bank kartalari “Uzkard” va “Xumo” orqali yo‘lkira haqini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, yo‘lovchilarning navbatda turishlari va kichik qiymatdagi pul bilan ovvora bo‘lishlariga zarurat yo‘q. Avtobuslarda to‘lov qabul qiluvchi maxsus validatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, chiptachilar terminal apparatlari bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari barcha metro bekatlarida to‘lovlar qabulini tezlashtirish va osonlashtirish maqsadida maxsus turniketlar o‘rnatilgan.

Yo‘lovchilar transport kartalarini maxsus transport kartalarini sotish shoxobchalari, metropoliten kassalari va yer usti transport chiptachilaridan xarid qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0