Shavkat Mirziyoyev xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 25-dekabrya provel soveshanie po voprosam aktivnogo privlecheniya i effektivnogo ispolzovaniya grantov
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 25-dekabrya provel soveshanie po voprosam aktivnogo privlecheniya i effektivnogo ispolzovaniya grantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu mukofotga turli yillarda Turkiya prezidenti Sulaymon Demirel, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va boshqalar sazovor bo‘lgan.

 

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Qayd etilishicha, mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV​ hay’ati hay’at qo‘mitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va san’at namoyondalarining 2019-yildagi faoliyatini o‘rganish natijalari asosida e’lon qilingan.

TURKSAV​ mukofotini topshirish marosimi 2020-yil may oyida Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va san’at arboblari ishtirokida tantanali tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev v Turkskom sovete - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashda 4ta tashabuus bilan chiqdi

Har yili bir marta beriladigan ushbu xalqaro mukofot hay’atining qarori O‘zbekiston rahbarining “mamlakatning tashqi dunyo, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini izchil mustahkamlashdagi beqiyos xizmatlari va amaliy hissasi, shuningdek, Turkiy kengashdagi hamkorlikni sezilarli darajada jonlantirgani, ushbu tashkilot doirasidagi yangi tashabbuslar, shu jumladan 2020-yilda Xiva shahrini “turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilish bo‘yicha tashabbusi“ uchun bir ovozdan qabul qilingani ma’lum qilindi.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. Mamlakat rahbarining izchil islohotlarni o‘tkazishdagi keng ko‘lamli faoliyati, samarali ishlari, Turkiy dunyoning muhim davlati bo‘lgan O‘zbekistonning jadal taraqqiyotini ta’minlayotgan strategik kurs, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning yanada rivojlanishi uchun qulay ichki va tashqi sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi.

“Turkiy dunyo rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” va “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotlari Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV​) tashabbusi bilan ta’sis etilgan.

Yangiliklar lentasi
0