TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilish taklifi bildirildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
15 oktabr kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi tomonidan "Tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish: muammo va yechimlar" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi, sohadagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, davra suhbatida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro tajriba, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritildi.
Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi >>>
Yig‘ilish ishtirokchilari tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish taklifini bildirdi.