Piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

© GUVD TashkentaPosledstviya DTP
Posledstviya DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Surxondaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan haydovchi ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 1-yanvar kuni soat 08:00 larda sodir bo‘lgan.

V Karakalpakstane v rezultate nayezda gruzovogo avtomobilya pogibli dva peshexoda. - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi yo‘l chetida o‘tirgan ikki fuqaroni urib yubordi

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib kelayotgan noma’lum haydovchi o‘z avtomashinasida piyodani urib yuborgan.  

Haydovchining yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan qochishi natijasida, Angor tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. voqea joyida halok bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini qiziriqlik 1980-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.B. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni qo‘lga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0