TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumanida “Gaz 52” yuk mashinasi yo‘l qatnov qismining chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaroni urib yubordi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 9-noyabr kuni taxminan soat 02:00 larda 40 yoshli haydovchi E.A. mashinasini Amudaryo viloyati “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomobil yo‘lining 727 kilometrda boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining o‘ng chetida o‘tirgan ikki nafar fuqaro 40 yoshli B.K. va 39 yoshli K.A. larni urib yuborgan.
Natijada B.K. olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida, K.A. esa tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda haydovchi gumon sifatida so‘roq qilingan
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.