BMT yangi jinsi olishdan tiyilishga chaqirmoqda

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishFabrika po proizvodstvu djinsovoy odejdi "Gloriya-Djins"
Fabrika po proizvodstvu djinsovoy odejdi Gloriya-Djins - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiyib zerikkan liboslaringizni sekond-xendlarga topshirganingiz yoki boshqalarga berganingiz ma’qul, deya maslahat beradi YuNEP.

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) yangi jinsi sotib olishdan tiyilishni so‘ramoqda.

Greta Tunberg - Sputnik O‘zbekiston
"Greta Tunberg" loyihasini kim ishga tushirgan?

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bir juft jinsi ishlab-chiqarish uchun to‘rt ming litrga yaqin suv kerak bo‘ladi. Ekologiyaga yetkazilayotgan zararni 111 kilometr masofaga uyushtirilgan avtopoygaga taqqoslash mumkin, deya keltiriladi BMT yangiliklar xizmati saytida.

Eski buyumlar yuvilayotgan vaqtda, plastik va boshqa zararli moddalar mikroqismlari havoga tushadi. Suvni ifloslantiruvchi 20% narsalar - bu tekstil sanoati chiqindilaridir, deb qayd etiladi BMT xabarida.

"Eski kiyimlarni xuddi yangidek kiying, axir bu hozirda xuddi mitti qora ko‘ylak kabi urfda. Biz modalar sanoati ekologik jihatdan toza bo‘lishini xohlaymiz", - deya fikr bildirgan Parij vitse-meri Antuanetta Gi.

Bugungi kunda moda industriyasida butun dunyo bo‘ylab 300 millionga yaqin kishi jalb qilingan. Uning yillik aylanmasi 1,3 trillion dollardan ortadi.

"Ushbu siklning barcha ishtirokchilari sayi-harakatlarni birlashtirib, tekstil sanoatidagi ishlab chiqarish jarayoni va daromad olishni qaytadan ko‘rib chiqishlari hamda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi usullardan voz kechishlari lozim", - deya o‘z fikrini bildirgan ekologiya faoli Lorens Mila Kanals.

BMTda qayd etilishicha, bugungi kunda kiyilgan liboslarning 87% axlatxonalardadir.

Kiyib zerikkan liboslaringizni sekond-xendlarga topshirganingiz yoki boshqalarga berganingiz ma’qul, deya maslahat beradi YuNEP. Buyumlarni ham kamroq yuvib, tolalarni ko‘pini yuvib ketadigan kir yuvish kukuni o‘rniga maxsus suyuqlikni ishlatgan ma’qul. U ko‘proq tolalarni yuvadi.

Yangiliklar lentasi
0