O‘zbekistonda 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

© SputnikKalendar
Kalendar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yildan hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi. Hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlandi.

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 1-yanvardan ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali javob berdi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi fevraldan 7 foizga oshirilmoqda - prezident qarori

* Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgarlik boshqaruv organlariga yuklanadi. Davlat xaridlari bo‘yicha topshiriqlar va import kontraktlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi”da ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

* 100 boshli chorva va 100 ming parranda bo‘lgan xo‘jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi.

Qoramolchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklardagi hamda aholi qaramog‘idagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantiriladi. Tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini “O‘zbekchorvanasl” agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.

* Respublikaning barcha hududlaridagi ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan elektron kiritiladi va mulkdorga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.

Quyidagilar kadastr organlariga elektron yuboriladi:

banklar tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini hamda ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda uy-joyni qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar;

Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
2020 yilning 1-yanvaridan boshlab hokimiyatlar vakolati cheklanadi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektini “E-IJRO AUKSION”da sotish va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish orqali vujudga kelgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlar.

* Og‘ir va yirik gabaritli avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, ularning avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘im undirish va harakatlanishiga ruxsatnoma berish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qo‘mita bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi.

Avtomobil yo‘llarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikatsiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yo‘llari bilan ko‘ndalang kesishishi bundan mustasno.

Na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Yanvar oyida metan qimmatlashdi, propan arzonlashdi

* Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi. Yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.

* 2020-yil 1-yanvardan boshlab, neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini sotish sohasida faoliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

* Hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi. Hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi. Davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (ro‘yxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlari tugatiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s rukovoditelyami palat parlamenta, chlenami pravitelstva, glavami ministerstv i vedomstv - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 2020-yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi

* Tajriba-sinov tariqasida 10 ta oliy ta’lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

* Aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi.

Yangiliklar lentasi
0