Jirinovskiy genetik modifikatsiyalangan bolalar tug‘ilishini olqishladi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF
Prezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
LDPR rahbari klonlashtirish va genlar modifikatsiyasi bo‘yicha mavjud barcha cheklovlarni olib tashlashga chaqirib, "kelajak shular ortida" ekanligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Telegramda xitoylik genetik-olim - Xe Szankuyni uch yilga qamash qaroriga munosabat bildirdi. Jirinovskiyga ko‘ra, olim faoliyatini "tibbiyot sohasidagi ulkan sakrash", deya hisoblash mumkin.

Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Kam uchraydigan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlar registri tashkil etiladi

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq xitoylik olim tarixda birinchi marta genetik modifikatsiyalangan, organizmi OIVga qarshi tura oladigan egizak-qizaloqlar tug‘ilgani haqida e’lon qilgan edi. Uni inson embrionlari genlarini tahririni amalga oshirganlikda, buning natijasida esa tahrir qilingan DNKga ega uch nafar bolakay dunyoga kelganida aybdor, deb tan olishdi.

Siyosatchi fikriga ko‘ra, olimni ozod qilish kerak, negaki u "buyuk yutuq" muallifidir.

"Xitoylik olim Xe Szankuyni qamoqdan ozod etish lozim. U birinchi bo‘lib inson embrionidagi genlarni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi va shu tufayli OIVga chalingan ota-onalardan uch nafar sog‘lom farzand dunyoga keldi", - deya qayd etgan Jirinovskiy.

Bundan tashqari, LDPR rahbari klonlashtirish va genlar modifikatsiyasi bo‘yicha mavjud barcha cheklovlarni olib tashlashga chaqirib, "kelajak shular ortida" ekanligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0