Kam uchraydigan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlar registri tashkil etiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBolnitsa
Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturga muvofiq ko‘rsatilgan kasalliklarni bolalarda tashxislash va davolash uchun jami 424,6 mlrd so‘m va 548,0 ming yevro ajratiladi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga  chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qaror bilan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasallikka chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Meditsinskaya sestra proverayet kapelnitsu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Budjet hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Shuningdek, 2019–2024 yillarda ushbu bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq ko‘rsatilgan kasalliklarni bolalarda tashxislash va davolash uchun jami 424,6 mlrd so‘m va 548,0 ming yevro ajratiladi.

Qarorga ko‘ra orfan kasalliklarni davolashda ishlatiladigan tibbiy buyumlarni import qilish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.

2020 yil 1-yanvarga qadar kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlarning Milliy registri tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0