TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Yangi yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari vizasiz respublikaga tashrif buyuradigan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytiradi. Bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar qilmoqda.
Umumiy ro‘yxatga yil boshida chet elliklarning alohida guruhlari uchun joriy etilgan kirish vizalarining qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) toifalari kiritilgan.
Fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning yagona ro‘yxati alohida tuzilgan.
Ro‘yxatga kiritilgan mamlakat fuqarolari O‘zbekistonda vizasiz bo‘lishlari mumkin:
- cheklanmagan muddat: Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina);- 60 kungacha: Qirg‘iziston;
- 30 kungacha: Avstriya, Ispaniya, Norvegiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Tojikistan, BAA va boshqalar;
- 7 kundan ko‘p bo‘lmagan: Xitoy, shu jumladan Gonkong MMH –2020 yil 1-yanvardan va qaytuvchi aviachipta mavjud bo‘lganda
Mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati va viza toifalari bilan qo‘yidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qayd etilishicha, vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim davlat chegarasi kesib o‘tilgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. Bu yerda 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.
MDHda umumiy fuqarolikni joriy etish kerak - Zatulin
Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdo‘stligi, Dominika Hamdo‘stligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.