MDH davlatlarida terrorchilik tashkilotlarining yagona ro‘yxati tayyorlanmoqda

© Collage Sputnik / Jeshu JohnProsmotr zapreshennix agitatsionnix materialov
Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH mamlakatlari vakillari bilan o‘tkazilgan konferensiyada MDH mamlakatlari uchun taqiqlangan tashkilotlarning yagona ro‘yxatini tayyorlash masalasi ko‘tarildi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. MDH parlamentariylari terroristik tashkilotlarning yagona ro‘yxatini milliy qonunchilikda mustahkamlash zarur, dedi Rossiya Davlat dumasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Jukov MDH mamlakatlari vakillari bilan anjumanda. "Parlamentskaya gazeta" nashri xabariga asosan.

Boyeviki IGIL v plenu  - Sputnik O‘zbekiston
IShID jangarilar guruhi afg‘on hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi - foto

“Ushbu oyda Yerevanda ODKB Parlament Assambleyasida va undan oldin esa Nur-Sultonda parlament spikerlarining yig‘ilishida terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatini milliy qonunlarda mustahkamlash zarurligi tasdiqlangan edi. Bu oson ish emas, lekin siyosiy partiyalar fraksiyalarining sa’y-harakatlarini birlashtirish kerak”, - dedi Jukov.

Rossiya deputatining so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarga oid yuzlab xalqaro shartnomalar loyihalari haqida gap ketmoqda.

Misol tariqasi Jukov Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning O‘zbekiston va Tojikistonga ishchi tashrifini keltirdi, bu yerda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilingandi.

Jukov ta’kidlashicha, Davlat dumasi tegishli qo‘mitalarining chet ellik hamkasblari bilan ishlashi MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0