Novak: sanksiyalar “Shimoliy oqim-2”ni qurishga to‘sqinlik qila olmaydi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda "Severniy potok"
Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri sanksiyalarga qaramasdan qurib bitkazilishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri sanksiyalarga qaramasdan qurib bitkaziladi, dedi Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak RBK gazetasiga bergan intervyusida.

“Quvurning 160 kilometrdan ozroq qismini yotqizish qolgan”, - deya eslatdi u.

Shu bilan birga, vazir Shveysariya “Allseas” kompaniyasi loyihaning o‘ziga tegishli qismini oxiriga yetkaza olmaydi deyishga  hali erta ekanligini ta’kidladi. Kompaniya AQSh Moliya vazirligidan sanksiyalar bo‘yicha tushuntirish kutmoqda.

Vizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalariga javob qaytarishga va’da berdi

20 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil uchun mudofaa budjetini imzoladi, bunda “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” gaz quvurlariga qarshi sanksiyalarni qo‘llash nazarda tutilgan.

AQSh pudratchi kompaniyalardan qurilishni darhol to‘xtatishni talab qildi. “Shimoliy oqim-2”ni quvurlarini yotqizish bilan shug‘ullanuvchi “Allseas” kompaniyasi faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0